Ushbu kitob o'z davrida hammaning diqqatini birdaniga o'ziga jalb etgan. Bu o'sha vaqtlarda barcha berilib o'qiyotgan risar romanlariga hajviy tarzda taqlid qilib yozilgan o'tkir va qiziq asar sifatida dunyoga keldi. Asarda telba qiyofadagi don Kixot orqali yashashni bilmaydigan, mavjud shart-sharoitni tan olishni istamaydigan kishi obrazi talqin etiladi. U haqoratlangan va ezilganlarga homiy bo'lishni istaydi, dunyodagi zo'ravonlik va zulmni tag-tomiri bilan yulib tashlashga intiladi, jahonda adolat va erkinlik o'rnatmoqni orzu qiladi. Ho'sh, qahramonimiz o'zining azaliy orzusiga erishdimi? O'zini qiynayotgan muammolarga echim topa oldimi? Kitob mutolaasidan keyingi mulohazalaringiz biz uchun qadrli, aziz kitobxon!