Эротические рассказы

Suv ostida sakson ming kilometr. Жюль ВернЧитать онлайн книгу.

Suv ostida sakson ming kilometr - Жюль Верн


Скачать книгу
bilan kemirchaklilar orasidagi farqni bilasizmi?

      – Bilsam ham ajab emas.

      – Shu sinflarning qismlarga bo‘linishini-chi?

      – Yo‘q, bundan xabarim yo‘q!

      – Unday bo‘lsa quloq soling, Ned, unutmang. Qiltanoqli baliqlar olti guruhga bo‘linadi. Birinchi guruhi tikantukli baliqlar bo‘lib, ularning yuqori jag‘i yaxlit qimirlaydi hamda taroqsimon jabrasi bor. Bu guruh o‘n besh oilani, ya’ni bizga ma’lum bo‘lgan barcha baliqlarning to‘rtdan uch qismini o‘z ichiga oladi. Oddiy olabug‘a baliq shu guruhning namunasidir.

      – Ancha mazali baliq, – deya luqma tashladi Ned Lend.

      – Ikkinchi guruhi, – deb so‘zini davom ettirdi Konsel, – teshik pufaklilar. Ularning qorin suzgichlari qorinlarining tagida, ko‘krak suzgichlarining pastida bo‘lib, yelka suyaklariga birikmagan. Bu guruh besh oilani o‘z ichiga oladi va bularga chuchuk suvda yashaydigan baliqlarning ko‘pchiligi kiradi. Zog‘ora baliq va cho‘rtanbaliq shu oilaning namunasidir.

      – Ffu,– dedi kanadalik irganganday,– chuchuk suvda suzadigan baliqlarni yoqtirmayman.

      – Uchinchi guruhi, – dedi Konsel, – yumshoq tuklilar bo‘lib, ularning qorin suzgichlari ko‘krak suzgichlarining tagida va bevosita yelka suyaklariga birikkan bo‘ladi. Bu guruhda to‘rt oila bor. Bu guruh namunasi qalqon baliqdir.

      – Mana bu ajoyib baliq! – deya xitob qildi garpunchi baliqlarga hamon faqat taom nuqtayi nazaridan yondashib.

      – To‘rtinchi guruh, – uning gapiga e’tibor bermay davom ettirdi Konsel, – faqat ilonbaliqlar oilasidan iborat bo‘lib, ularning tanasi cho‘zinchoq, qorin suzgichlari yo‘q, qalin hamda ko‘pincha shilliq teri bilan qoplangan.

      – Bemaza, – deya luqma tashladi garpunchi.

      – Beshinchi guruhi, – dedi Konsel, – taram-taram jabralilar. Ularning jag‘lari yaxlit qimirlaydi, ammo jabralari uning aylanasi bo‘ylab taram-taram bo‘lib, ikkitadan joylashgan. Bu guruhda faqat birgina tikanlilar oilasi bor. Uning namunasi otbaliq.

      – Ffu, yaramas! – xitob qildi kanadalik.

      – Oltinchisi va so‘nggisi, – dedi Konsel, – tutash jag‘lilar bo‘lib, ularning jag‘ suyaklari jag‘ oralig‘iga qimirlamaydigan bo‘lib birikkan va tanglayning ko‘tarilgan joyi bosh suyak bilan birikkan. Bu guruhda ikki oila – qattiqterililar va tirjaygantoshlilar bor. Namunasi – oybaliq.

      Конец ознакомительного фрагмента.

      Текст предоставлен ООО «ЛитРес».

      Прочитайте эту книгу целиком, купив полную легальную версию на ЛитРес.

      Безопасно оплатить книгу можно банковской картой Visa, MasterCard, Maestro, со счета мобильного телефона, с платежного терминала, в салоне МТС или Связной, через PayPal, WebMoney, Яндекс.Деньги, QIWI Кошелек, бонусными картами или другим удобным Вам способом.

      1

      Shkiper – harbiy kemada kema anjomlari mudiri.

      2

      Kyuve, Laseped, Dyumeril, Katrfaj – naturalist olimlar.

      3

      Bir ingliz futi 30,4 santimetrga tengdir.

      4

      Geyzerlar – issiq suv manbalari bo‘lib, u ma’lum bir muddatgacha (25 minutdan 3 soatgacha) issiq suv va bug‘ otib turadi.

      5

      Forshteven – kema tagto‘sinining kema burniga kelib taqaladigan uch qismi.

      6

      Arxershteven – tagto‘sinning kema quyrug‘iga kelib taqaladigan qismi.

      7

      Aristotel – qadimgi Gretsiyaning buyuk olim va mutafakkirlaridan biri (eramizgacha 384–322-yillar). Kay Sekund Pliniy – rimlik yozuvchi va olim (eramizgacha 23–79-yillar).

      8

      Linney Karl (1707–1778) – shved naturalisti.

      9

      Ya’ni soatiga o‘n uch dengiz milyasi. Bir dengiz milyasi –1852 m.

      10

      Kabelt – uncha katta bo‘lmagan masofalarni o‘lchaydigan dengiz o‘lchovi (taxminan 200 metr).

      11

      Okeanning eng chuqur yeri 10000 metrdan ortiqroqdir (Tinch okeanda); 12000–15000 metr chuqurlik esa yo‘q.

      12

      Narval – kitsimon sutemizuvchi yakkashox dengiz hayvoni. Urg‘ochi narvallarning chap jag‘ining yuqori qismida katta qoziq tishi bo‘ladi.

      13

      Atlantik okeandan Tinch okeanga Amerika qit’asining shimoliy qirg‘oqlari yonidan o‘tadigan yo‘l.

      14

      So‘z o‘yini. «Konsel» (consiel) – fransuzcha maslahat degani.

      15

      Baken – kemalar yuragidan suvlarda xavfli joylarni ko‘rsatish uchun langarga bog‘lab qo‘yilgan suzgich.

      16

      Garpun – uzun arqonga bog‘lab dengiz hayvonlariga otiladigan nayza.

      17

      Rable Fransua (taxminan 1495–1553-yillar) – Uyg‘onish davridagi eng yirik fransuz yozuvchisi.

      18

      Yut – kemada yuqori palubaning quyruq qismi.

      19

      Gals – kemaning shamol yo‘nalishiga tomon yurishi.

      20

      Shtirbort – kemaning o‘ng tomoni, chekkasi.

      21

      Rey – kema machtasining ko‘ndalang to‘sini.

      22

      Gimnot – elektr ugol (ilonbaliq).

      23

      Bizan – kema ortidagi kichik machta.

      24

      Lag – kemaning bosib o‘tgan yo‘lini yoki tezligini aniqlaydigan asbob.

      25

      Faradey – ingliz fizigi

Скачать книгу

Яндекс.Метрика