Эротические рассказы

Капитан Грант болалари. Жюль ВернЧитать онлайн книгу.

Капитан Грант болалари - Жюль Верн

Скачать книгу
shu qo‘l qisishganimiz sezilib tursin!

Paganel juda katta ketdi. Lekin xayrlasha turib, ba’zilar shunday qizg‘in quchoqlashdilarki, muhtaram olimning orzusi haqiqatan ham amalga oshadiganga o‘xshab qoldi.

Hamma yana palubaga chiqdi, ekspeditsiyaning yetti a’zosi «Dunkan»ni tark etdilar. Ko‘p o‘tmay ular sohilga yetib oldilar. Bu vaqtda manyovr qilayotgan kema qirg‘oqqa yarim kabeltovdan51 ham yaqinroq keldi.

‒ Oq yo‘l, do‘stlarim, muvaffaqiyat tilayman! – deb qichqirdi oxirgi marta Elen kemaning yut qismidan.

‒ Olg‘a! – deb komanda berdi Jon Mangls mashinistga.

‒ Ketdik! – dedi Glenarvan go‘yo kapitan bilan til biriktirgandek.

Sayohatchilar sohil yoqasidagi yo‘ldan ot choptirib ketganlarida «Dunkan» shitob bilan ochiq dengizga yo‘l oldi.

On birinchi bob

CHILIDAN O‘TISH

Glenarvan o‘z ekspeditsiyasiga mahalliy kishilardan to‘rtta yo‘l boshlovchi qo‘shib oldi: ulardan uchtasi katta kishilar va bittasi yosh bola edi. Yo‘l boshlovchilarning boshlig‘i bu mamlakatda yigirma yildan ham ortiqroq yashagan bir ingliz edi. U xachirlarini sayohatchilarga garovga berib, o‘zi Kordiler dovonlaridan oshib o‘tishda ularga yo‘l boshlovchilik qilardi. Tog‘dan oshib o‘tgach, u odatda o‘z sayohatchilarini bakeanoga – pampaslardagi yo‘llarni yaxshi bilgan argentinalik yo‘l boshlovchiga topshirardi. Bu ingliz hindular orasida uzoq yashaganiga qaramay, o‘z ona tilini butunlay esdan chiqarib yubormagan bo‘lib, bizning sayohatchilar bilan bemalol so‘zlasha olardi. Bu, unga har xil topshiriqlar berish va ularning qanday bajarilganini tekshirishda Glenarvanning ishini ancha yengillashtirdi. Paganelning ispan tilini o‘rganaman deb har qancha harakat qilganiga qaramay, hozircha hech kim uning so‘ziga tushunmagani vajidan bu ayniqsa muhim edi.

Chili shevasida «katapats» deb yuritiladigan inglizning qo‘l ostida ikki peon bilan o‘n ikki yashar bir bola bor edi. Peonlar ekspeditsiya yuklari ortilgan xachirlarni haydab kelishar, bola esa madrilani – bo‘yniga qo‘ng‘iroqlar osilgan kichkinagina xachirni yetaklab borar edi. Madrila o‘z orqasidan kelayotgan o‘nta xachirni boshlab ketayotgandek karvonning oldida borar edi. Xachirlarning yettitasida bizning sayohatchilarimiz, sakkizinchisida – katapats kelar edi. Qolgan ikki xachirga oziq-ovqat va pampas katsiklarining52 ko‘nglini ovlash uchun olingan bir necha toy gazlama ortilgan edi. Pionlar o‘z odatlariga ko‘ra piyoda borardilar. Sayohatchilarimizning Janubiy Amerikani kesib o‘tish safarlari juda yaxshi sharoitdan ham tez, ham bexatar o‘tadigandek tuyular edi.

Kordiler tog‘ tizmalaridan oshib o‘tish u qadar oson ish emas. Juda chidamli xachirlarsiz bunday sayohatni amalga oshirib bo‘lmaydi, bu xildagi tog‘ sayohatlari vaqtida eng ish beradigan xachirlar Argentina xachirlaridir. Bu jonivorlar o‘zlarining dastlabki nasllarida bo‘lmagan ajoyib xususiyatlarga egadirlar. Ular ovqat tanlab o‘tirmaydilar, kunda bir marta suv ichadilar, sakkiz soatda qirq kilometrdan yo‘l bosadilar va o‘n to‘rt arrob53 yukni ko‘rdim demaydilar.

Bir okeandan ikkinchi okeanga cho‘zilgan bu yo‘lda bitta ham karvonsaroy yo‘q. Sayohatchilar odatda qotirilgan go‘sht, murch sepib pishirilgan guruch va yo‘lda otib olingan qushlar bilan ovqatlanadilar. Tog‘larda jilg‘alardan, pasttekislikda ariqdan suv ichadilar. Suvga har bir sayohatchining yonidagi ho‘kiz shoxi – shiflda saqlanadigan romdan bir necha tomchi qo‘shiladi. Shuni ham aytib o‘tish kerakki, u yerlarda spirtli ichimliklarni kamroq iste’mol qilish kerak, chunki asablar o‘shasiz ham juda tarang bo‘ladi. O‘rin-ko‘rpa masalasiga kelsak, yo‘lda u faqat mahalliy egar – rekadodan iborat bo‘ladi. Bu rekado bir tarafi oshlangan, ikkinchi tarafi yungli qo‘y po‘stagidan – peliondan qilinadi va chiroyli gul tikilgan serbar ayil bilan xachir ustiga bog‘lanadi. Sayohatchi kechasi shu issiq pelionga o‘ralib yotib, bemalol uxlayveradi: undan hech qanday zax o‘tmaydi.

Bir vaqtlar juda ko‘p sayohat qilgan va mahalliy urf-odatlarga tez moslashib olishga odatlangan Glenarvan Chili kiyim-boshlarini kiyib oldi va hamrohlarini ham shunday kiyintirdi. Paganel bilan Robert – biri katta, biri kichik bu ikki go‘dak o‘rtasida teshigi bor keng plashch – chili ponchosidan boshlarini chiqarib, oyoqlariga toychoqning keyingi oyog‘i terisidan tikilgan etik kiyganlarida aytib bo‘lmas darajada quvonib ketdilar. Chiroyli egar-jabduq bilan yasatilgan xachirlarni bir ko‘rsangiz edi: arab so‘liqlari, metall bezaklar taqilgan yugan, chilvirdan eshilgan uzun jilov (u ayni vaqtda qamchin vazifasini ham bajaradi), bir kunlik oziq-ovqat g‘amlab qo‘yilgan guldor ajoyib alforxas – xurjunlar. Doim parishonxotir bo‘lgan Paganel bunday bezatilgan xachirga to minib olguncha undan bir necha tepki yeyishi ham gap emas edi. U doim birga olib yuradigan uzun durbinini yelkasiga osib xachirga minib olgach, oyog‘ini uzangiga tirab, o‘zini butunlay xachirning ixtiyoriga topshirib qo‘ydi; shuni ham aytib o‘tish kerakki, u bundan bir marta ham pushaymon bo‘lmadi. Robert esa xachir ustiga minib olishi bilanoq, o‘zining yaxshi chavandoz ekanini darhol ko‘rsatdi.

Yo‘lga chiqdilar. Havo juda yaxshi edi. Osmonda qilt etgan bulut ko‘rinmasa-da, kun issiq emas, dengizdan mayin shabada esib turadi. Kichkina otryad o‘ttiz mil janubdan o‘tadigan o‘ttiz yettinchi parallelga yetib olish uchun Talkaguano ko‘rfazining ilang-bilang qirg‘og‘idan tez ilgarilab bordi. Kuni bilan qurib qolgan botqoqlar o‘rnidan o‘sib chiqqan qamishlar oralab xachirlarni tez haydab bordilar, lekin kam so‘zlashdilar, chunki kemada qolganlar bilan xayrlashuvning taassuroti hali nari ketmagan edi. «Dunkan»ning o‘zi ufqda ko‘rinmay ketgan bo‘lsa ham, uning tutuni hali ko‘zga chalinib turardi. Paganeldan boshqa hamma jim, tirishqoq geograf ispan tilida o‘ziga-o‘zi savollar berar va o‘sha tilda yana o‘zi javob qaytarar edi.

Yo‘l boshlovchilarning boshlig‘i – katapats – ancha indamas odam edi; uning kasbi ham ortiqcha sergab bo‘lishni ko‘tarmasdi. U o‘z peonlariga deyarlik hech gapirmasdi. Peonlar o‘z vazifalarini juda yaxshi bilar edilar. Biror xachir to‘xtab qolsa, ular baqirib-chaqirib uni haydashar, agar bu ham yordam bermay, xachir o‘jarlik qilib turib qolsa, peonlar unga mohirlik bilan tosh otib haydar edilar. Ayili bo‘shashib ketsa yoki yugan chiqib ketsa, peon o‘z plashchini yechar va u bilan xachirning boshini yopib qo‘yib, ishni saranjomlardi, keyin xachir yana yo‘lga tushardi.

Xachir haydovchilar odatda nonushtadan keyin, ertalab soat sakkizda yo‘lga chiqadilar va kunduz soat to‘rtgacha yo‘l yuradilar, soat to‘rt bo‘lganda esa tunash uchun to‘xtaydilar. Glenarvan shu odatga binoan ish tutdi. Katapats to‘xtash uchun signal berganda ko‘pik sochib to‘lqinlanayotgan okean sohili bo‘ylab kelayotgan sayohatchilarimiz ko‘rfazning eng janubiy qismida joylashgan Arauko shahriga yaqinlashib qolgan edilar. Bu shahardan to o‘ttiz yettinchi parallel boshlanadigan yer – Karneyro qo‘ltig‘igacha g‘arbga qarab yana yigirma milcha yo‘l yurish kerak edi. Lekin Glenarvan yuborgan odamlar bu yerlarni juda sinchiklab tekshirib ketgani uchun sohilning bu qismini yana tekshirib o‘tirish ortiqcha edi. Shuning uchun ekspeditsiya Arauko shahridan to‘ppa-to‘g‘ri sharqqa yo‘l oladi, deb qaror qilindi.

Kichkina otryad shu shahardagi qovoqxonalardan birining hovlisida tunadi, qovoqxona ichkarisida tunash juda noqulay edi.

Arauko – Araukaniya degan kichkinagina davlatning poytaxti, bu davlatning territoriyasi hammasi bo‘lib uzunligi olti yuz kilometr va eni bir yuz yigirma kilometr maydondan iborat. Araukaniyada Chilining eng qadim xalqlari moluxlar yashaydilar. Ikkala Amerikada faqat shu mag‘rur va kuchli moluxlar qabilasigina chet ellarga bo‘ysunmagan. To‘g‘ri, bir vaqtlar Araukoni ispanlar bosib olgan edilar, lekin Araukaniya aholisi ularga bo‘ysunmadi54. Hozir Chili chet elli bosqinchilarga qanday qarshilik ko‘rsatayotgan bo‘lsa, Araukaniya aholisi ham o‘sha vaqtda ispanlarga shunday qattiq qarshilik ko‘rsatgan edi. Hozir ham moviy osmondagi oq yulduz tasvir qilingan uning bayrog‘i poytaxtni mudofaa qiladigan mustahkamlangan tuproq qo‘rg‘on ustida hilpirab, Araukaniyaning mustaqilligidan darak berib turardi55.

Kechki

Скачать книгу

51

Kabeltov – dengizda: 185,2 metrga teng uzunlik o‘lchovi.

52

Katsik – hindu qabila boshlig‘i.

53

Arrob – 11 kilogrammga to‘g‘ri keladigan mahalliy og‘irlik o‘lchovi.

54

Araukaliklar (o‘zlarini mapu-che deb ataydilar) – Chilining indeys aholisining asosiy qismini tashkil etuvchi xalq. Ispanlar kelgunigacha araukaliklar hozirgi Chilining butun hududiga tarqalganlar. Ularning bosqinchilar va mustamlakachilarga qarshi kurashi 300 yildan ortiq davom etgan. Hozirgi araukaliklar Markaziy Chilining janubiy qismida to‘plangan; ularning anchagina qismi rezervatsiyalarda yashaydi (Muharrir izohi).

55

Ispan mustamlakachilari Araukaniyani bosib olishga muttasil harakat qilishgan, araukanlarni mamlakatning chetki viloyatlariga siqib chiqarishgan. 1773-yilda Ispaniya hukumati Araukaniyaning mustaqilligini rasman tan oldi. XIX asrning 80-yillarida u Chili tarkibiga qo‘shib olindi (Muharrir izohi).

Яндекс.Метрика