Эротические рассказы

SEHRLI KETMON. Народное творчествоЧитать онлайн книгу.

SEHRLI KETMON - Народное творчество


Скачать книгу
kechirganlarini aytib beribdi. Chol yigitga:

      – Sen bir yetim ekansan. Endi men seni o‘qitaman. Ushbu tog‘da bir buloq bor, shu buloqning suvidan ichsang pahlavon yigit bo‘lasan, – debdi. Bu yigitga ma’qul tushibdi. Chol yigitni o‘qitibdi, tog‘dagi bir buloqning suviga cho‘miltiribdi, yana boshqa bir buloqning suvidan ichkizibdi. Shundan so‘ng chol va yigit yetti kunlik safarga chiqishibdi, bir joyga kelganlarida qaroqchilarga yo‘liqishibdi. Qaroqchilar ularni o‘z xizmatiga olishibdi. Bir kuni qaroqchilar qimor o‘ynab, rosa qizishib turganlarida chol bilan yigit ularning huzuriga kirib kelishibdi. Qaroqchilar:

      – Nega keldilaring, o‘z ishlaringni qilsanglar bo‘lmaydimi? – deyishibdi. Chol:

      – Sizlardan mana shu hunarni o‘rganib olaylik deb kirdik, hamma ishimizni bitkazib qo‘yganmiz, – debdi.

      Qaroqchilarning boshlig‘i:

      – Bo‘pti, o‘tirib o‘rganib olishsin, – debdi. Qaroqchilar yana qimorni davom ettirishibdi. Birozdan so‘ng chol:

      – Men ham o‘ynayman, – debdi. Qaroqchilar:

      – Sen nimangga o‘ynaysan, quruq joningni tikasanmi, – deyishibdi. Chol yiroq bir tog‘ni ko‘rsatib:

      – Ana o‘sha tog‘dagi mollar meniki, men yuttirib qo‘ysam, sizlarga o‘sha tog‘dagi hamma mollarni beraman. Agar sizlar yuttirib qo‘ysanglar-chi? – deb so‘rabdi.

      Qaroqchilar:

      – Biz yuttirib qo‘ysak, senga mana shu mol-dunyomizning hammasini, yana ikki uyda podsho va boshqalarning chiroyli qizlaridan yigirma nafari bor, shularning barchasini beramiz, – deyishibdi. Qirq qaroqchi tonggacha hamma narsalarini yuttirib qo‘yishibdi. Chol ularni yutib olibdi. Qaroqchilar bunga chiday olmasdan yana o‘ynashibdi. Chol ularni yetti bora yutib olibdi. Oxiri qaroqchilar chiday olmasdan chol bilan jangga kirishibdi. Chol qizg‘in janglardan so‘ng qirq qaroqchini o‘ldirib, uydagi qiz va boshqa jonivorlarni ozod qilibdi. Uylari yaqin qizlarni erkakcha kiydirib, uylariga yetkazib qo‘yibdi. Qolgan to‘rt qizning uyi yiroq bo‘lganligidan, uch qizni chol yetkazib qo‘ymoqchi bo‘libdi. Bir qizni esa yigitga topshiribdi. Yigit bu qizning hurmatini joyiga qo‘yib, ota-onasining shahriga yetkazib, uni ota-onasiga topshiribdi. Qizning ota-onasi yigitni rosa izzat-hurmat qilishibdi. Hatto qizlarini unga bermoqchi ham bo‘lishibdi. Biroq yigit unamabdi. Podsho yigitga yetti qur boshdan- oyoq sarpo beribdi. Qaytar chog‘ida qiz uni ziyofat qilib, ilgari bobosidan qolgan bir qilich, nihoyatda asl shahzoda liboslarini beribdi. Qizning bir «vafodor ot» degan juda yaxshi oti bor ekan. Uni ham yigitga in’om etishibdi, podsho cholga salomlar yo‘llab qolibdi. Yigit in’omlarni olib yo‘lga ravona bo‘libdi. O‘n kun deganda cholning oldiga kelib, unga atalgan sovg‘a-salomlarni topshiribdi. Chol juda xursand bo‘libdi. U yigitga qarab:

      – O‘g‘lim, sizning uylanadigan vaqtingiz bo‘ldi. Siz endi bu asl kiyimlarni, ot, qilichlarni bir joyga qo‘yib, o‘zingiz hozir shaharga boring. Bu ot, kiyim-kechaklar qachon lozim bo‘lsa, o‘shanda ishlatasiz, – debdi.

      Yigit cholga:

      – Bobo, siz mana shu otlarimni qo‘ygan joyda turib tursangiz, u yer shaharga yaqin ekan. Men bot-bot sizning yoningizga kelib tursam, – debdi. Cholga bu ma’qul tushib, yigit aytgan joyga ko‘chib o‘tibdi.

      Yigit esa shaharga qarab ravona bo‘libdi, yo‘lda bir qo‘tosni tutib olib, shu qo‘tosga minib shaharga kirib boribdi. Naq shu kuni podshoning kichik qizi ravoqqa chiqib o‘ltirgan payt ekan. Odamlar qo‘tosni ko‘rib tum-taraqay qochib qolishibdi. Qo‘tos esa odamlardan hurkibdi, shundoq qilib, bu yigit bir podshoning o‘g‘lidan keyin ravoq oldidan o‘ta boshlabdi. Podshoning kichik qizi shu podachi yigitga olma va gul tashlabdi. Shunday qilib, uni ham o‘rdaga olib kirishibdi. Endi bu yigitlarni qizlarning huzuriga olib chiqmoqchi bo‘lishibdi. Podsho ikki katta kuyovini yaxshilab kiyintiribdi. Bu yigitni esa shu podachi kiyimi bilan olib chiqishibdi. Podshoning kichik qizi juda dono ekan, u podachi yigitga mehr bilan tikilibdi. Har uchala qiz yigitlardan savol so‘ramoqchi bo‘lishibdi, katta qizi o‘zi tegadigan yigitdan:

      – Dunyoda odamzotga eng zarur narsa nima? – deb so‘rabdi. Yigit:

      – Odamzotga eng zarur narsa – xotin, – debdi. Buni eshitgan haligi podachi yigit unga tuzatish berib bunday debdi:

      – Dunyoda odamzotga havo, shu bilan birga suv zarur, xotin degani esa shunchaki bir odam, – debdi. Katta qiz o‘zi tanlagan yigitga qarab, bu savolga javob berolmagani bilan, o‘zi chiroyli shahzoda ekan, men roziman, debdi. O‘rtancha qiz o‘z yigitidan:

      – O‘zi ovlab otgan kiyikning go‘shti totlimi yoki bozordagi tayyor go‘sht totli? – deb so‘rabdi. Yigit:

      – Bozordan pulga sotib olingan go‘sht totli, o‘zi charchab ov qilganidan keyin odam rosa mashaqqat chekadi. Undan ko‘ra, pul bo‘lsa, bozordan sotib olingan go‘sht totli bo‘ladi, – debdi. Uning so‘ziga ham podachi yigit tuzatish qilib:

      – O‘zi ovlab otgan kiyikning go‘shti totli bo‘ladi, chunki kishi qanchalik jafo cheksa, shuncha rohat ko‘radi, – debdi. Endi kichik qiz podachi yigitdan:

      – Odamlarda necha xil mijoz bor, – deb so‘rabdi. Yigit:

      – Odamlarda yetmish xil mijoz bor, ba’zi odamlar janjalkash, ba’zilari vazmin keladi, mijozlar bir-biriga o‘xshamaydi, – debdi. Bu savolga podachi yigit to‘g‘ri javob berganligi uchun qiz juda xursand bo‘libdi.

      Podsho qizlariga to‘y qilib beribdi, ikki qiziga ikki bog‘dan kattakon uylarni in’om etibdi, kichik qizidan achchig‘i chiqib, bu bir podachiga tegib meni nomusdan o‘ldirdi, deb, bir og‘ilxonani ajratib beribdi. Bu qiziga qaramay, uni xizmatkorlar uchun ovqat tashishga, podachi yigitni esa qo‘y boqishga qo‘yibdi.

      Bir kuni kichik qizi onasining huzuriga yig‘lab kirib:

      – Sizlarning bizning uyga oyda bo‘lsa ham bir marta kirgingiz kelmaydi, opalarimning uyiga har kuni borasizlar, men sizlarni uyimga taklif qilib keldim, – debdi.

      Onasi qiziga achinib:

      – Hammasiga o‘zing sabab, odam topilmagandek bir podachiga tegding, mayli, biz bir haftadan so‘ng otang, opalaring, kuyovlarimiz bilan siznikiga mehmon bo‘lib boramiz, – debdi. Qiz qaytib kelib bu gapni yigitga aytibdi. Bu ikkisining turmushi nihoyatda ko‘ngilli ekan. Yigit bu gapni eshitib, kelishsa bo‘pti, deb, haligi cholning oldiga borib, unga qaynota-qaynonasi, qaynopa va bojalari mehmon bo‘lib kelishini aytibdi. Chol yigitga bir tog‘ni ko‘rsatib: «Sen shu tog‘ga borsang, turli yovvoyi mevalar bor. Ular nihoyatda totli. Shundan olib borib mehmon qil», – debdi. Yigit chol ko‘rsatgan haligi tog‘ga borib, mevalaridan terib, kiyiklaridan, bug‘ularidan tutib, choldan turli-tuman noz-ne’matlar olib kelib xotiniga beribdi. Qiz ularni saralab terib, kiyiklarning go‘shtlarini turli taomlar uchun hozirlab qo‘yibdi. Ertasi tush paytida ota-onalari va boshqa mehmonlar kelishibdi. Qiz tayyorlagan mevalarini ota-onasi, opalarining oldiga qo‘yibdi. Podsho mevalardan yeb, «judayam mazali ekan», deb, kuyoviga:

      – Bolam, mevalardan bo‘lsa, yana yesak, qayerdan olib keldingiz? – debdi.

      Yigit:

      – Tog‘dan olib keldim, ota, – deb javob beribdi.

      Podsho:

      – Tag‘in bormi? – deb so‘rabdi.

      Yigit:

      – Bor, men hozir olib kelaman, – deb, tashqari chiqib, qo‘tosini minib borib yana haligi mevalardan terib kelibdi. Podsho yana yebdi, unga qadar taomlar ham tayyor bo‘libdi. Taomni yeb ko‘rishsa, u rosa mazali ekan. Podsho bilan opalari bu qizni maqtab ketishibdi; podsho katta qizlarining uyida bundoq totli taom yemagan ekan. Kichik qizi atigan choy1ga otasini, opalarini yana taklif etibdi. Ular yana kelib taomlardan yeb ketishibdi. Oradan bir necha kun o‘tgach podsho va boshqa mehmonlar yana kelishibdi, qiz bu kuni ham mazali taomlar tayyorlabdi-da, sho‘rvaning ichiga qo‘yning qumalog‘ini solib qo‘yibdi. Podsho va mehmonlar sho‘rvani icha boshlashibdi. Oxirida qarasa, podsho sho‘rva ichgan kosaning tagidan qumaloq chiqibdi. Podsho qiziga:

Скачать книгу

Яндекс.Метрика